Murodjon Ahmadaliyev tajribali raqibga qarshi ringga ko‘tariladi

Murodjon Ahmadaliyev tajribali raqibga qarshi ringga ko‘tariladi

Rio Olimpiadasi va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangi qachon o‘tkaziligi ma’lum bo‘ldi. Xabar qilishlaricha, uning beshinchi jangi joriy yilning 24 noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadi.
 
Atlantik Sitidagi “Hard Rock Hotel & Casino” arenasida o‘tkaziladigan jangda Ahmadaliyevga amerikalik charm qo‘lqop ustasi Isak Zarate raqiblik qiladi. Ushbu jangda bokschi o‘zining WBA Inter-Continental kamarini himoya qiladi.
 
Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi faoliyati davomida 4 marotaba ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarning 3 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan.
 
Zarate esa 22 ta jang o‘tkazib, 16 ta g‘alabaga erishgan. 3 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Yana 3 ta jangda esa durang qayd etgan.

Manba: qalampir.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!