Mo‘min boy bo‘lsa, nimasi yomon?

Mo‘min boy bo‘lsa, nimasi yomon?

Yaqinda bir yigitning: “Ayrim imomlar qimmat avtoulov minib, eng yaxshi kiyimlarni kiyib, maza qilib yuradi. Tag‘in kamtar va xokisor bo‘lish, isrof qilmaslik to‘g‘ri­si­da nasihat qilishadi. Axir, o‘zi markabini so­tib, yo‘qsillarga tar­qat­sa, bo‘lmaydimi?..” de­gani­ni eshitib qoldim.

Afsuski, odamlar orasida shunday fikrlaydigan­lar oz emas. Ba’zi kishilar ko‘z o‘ngida imom, umuman, mu­sulmon kishi deganda, qan­daydir qoloq bir inson qiyofa­si jonlanadi. Go‘yo, mo‘­min-­musulmonlarning hayot tar­zi, tutumi masjidda o‘ti­ri­shu ma’rakaga borishdan ibo­ratdek...

Bunday qarash qayoqdan ­paydo bo‘ldi?! Imom, musul­mon deganda faqat nochor, jonsarak, ovozi zo‘rg‘a chiqadigan kishini tasavvur qiluvchilar ko‘ziga “zamonaviy” ko‘ringan mo‘min-musulmon dinga amal qil­mayotgandek ko‘rinadi, she­­killi. .

Holbuki, kimning boy yoki faqir bo‘lishi Alloh­ning izni bilan, qanday ­hayotni tanlashi o‘zining ishi. Nasihat qilish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish – na­faqat imom, balki har bir mo‘­minning vazifasi.

Alloh taolo halol kasb bilan topilgan boylikni hech kimga harom qilmagan. Boshqalarga yarashgan boy­lik nega endi mo‘min-musul­monga yarashmas ekan?! Ni­koh o‘qiyotgan imom kuyovga: “Ayolingizning ta’minoti, kiyim-kechagi, zeb-ziynati, uy jihoziyu ro‘zg‘or buyumlari zimmangizda”, deb sha­riat ko‘rsatmasini eslatsa-yu, o‘zi nochor yashasa?! Minbarda: “Far­zandlaringizni o‘qi­­ting, ta’lim yo‘lida molin­gizni ayamang, deb o‘zi birov­ning qo‘liga qarab tur­sa? Imomlik­ni uddalab, bo‘sh vaqtida tijorat bi­lan shu­g‘ullansa – buning nimasi yomon?!

“Imom” so‘zi istilohda “ol­­dinda turuvchi” degan ­ma’no­ni anglatadi. U odam­lar­ga pesh­qadamdir. U na­moz­da oldinda turgani­dek, boshqa ishlarda ham pesh­vo bo‘lishi kerak. Payg‘am­barimiz sollallohu alay­hi va sallam ham imom – har bir ishda oldinda turuvchi edi­lar. U zotdan ke­yin Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali ro­ziyal­lohu an­hum xa­lifa, shuningdek, imom edilar. Ular faqirlikka tar­g‘ib ­qilishmagan. Tuya o‘sha davr­ning eng yaxshi ulovi hi­soblanib, u zotlarning bir qanchadan yaxshi tuyalari bor edi. Hech biri tuya qimmatli ulov, eshak minamiz, de­yish­magan. Jannat bashorati berilgan ulug‘ sahobalar ora­si­da Abdurahmon ibn Avf ro­ziy­allohu anhu eng boyi edi.

Sahobalar halol tijoratda o‘z­aro musobaqalashar edilar. Nabiy alayhissalom hech kim­ga nega boy bo‘lib ketyapsan, demaganlar. Agar boylik ayb bo‘lganida, Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga boylik bermagan bo‘lardi.

Islomda boy bo‘lish emas, balki mol-dunyoga hirs qo‘­yish qoralangan. Haq taolo bunday marhamat qiladi: «U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsani yaratgan zot» (Baqara surasi, 29-oyat). Boshqa bir oyatda: «Ayting: “Bandalari uchun chiqargan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqardi?”» «Ayting: “U (ziynat va pok rizqlar) bu dunyoda imon keltirgan­lar (va boshqalar) uchun, qiyo­mat kunida esa xolis (mo‘­minlarning o‘zlari uchun bo‘lur)”», deyiladi (A’rof surasi, 32-oyat). Mo‘min boy bo‘lsa, zakotini joyiga bersa, qan­day yax­shidir! .

Shayx Muhammad G‘azzo­liy (1917–1996) bunday degan: “Qo­run ega bo‘lgan mulk­dan ko‘p­rog‘iga ega bo‘ling! Su­lay­monning saltanatidan kat­taroq saltanatni qo‘lga ki­riting! Haqiqat qo‘llovga muhtoj zamonda, uni qo‘llash uchun bularning barini ilkingizda tuting! O‘lim onlari kelgan paytda esa ularni Alloh yo‘lida qoldiring! Kam­bag‘al, soyilday yashash jannat yo‘li deb ishonish telbalik va aldanishdir”.

Abdulloh ALIQULOV


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!