Mo‘g‘uliston Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli jabr ko‘rmoqda

Mo‘g‘uliston Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli jabr ko‘rmoqda

Mo‘g‘uliston Bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene o‘z mamlakati Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli qiynalayotganini aytdi.

Bu haqda Financial Times'ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Mo‘g‘uliston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli bosim ostida qolgan, garchi Mo‘g‘ulistonning “aybi” yo‘q bo‘lsa ham.

Bunga misol tariqasida u Rossiyaning sanksiyalarga javoban o‘z havo hududi orqali parvozlarni taqiqlash qarorini keltirdi.

“Avval Rossiya havo hududi orqali Yevropa-Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirgan aviakompaniyalar ham Mo‘g‘uliston hududi uzra uchib o‘tgan, buning uchun Ulan-Bator navigasiya to‘lovlarini olgan”, — deyiladi xabarda.

Mo‘g‘uliston bosh vaziri iqtisodiy sanksiyalarni chuqur tahlil qilish asosida joriy etish kerakligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!