Moskva viloyatida polisiyachi Ikkinchi jahon urushi davridagi bombadan jarohatlandi

Moskva viloyatida polisiyachi Ikkinchi jahon urushi davridagi bombadan jarohatlandi

Polisiya xodimi Moskva viloyatidagi A-108 trassasida Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba portlashi oqibatida jarohatlandi, deb xabar berdi TASS.

Xabarda aytilishicha, polisiya noziri ishdan bo‘sh vaqtida A-108 avtoyo‘lida Ikkinchi jahon urushi davridagi bombani topib olgan. Bomba portlab ketishi natijasida u og‘ir jarohatlangan.

Jarohatlangan polisiyachini yo‘ldan o‘tib ketayotgan mashinalardan birining haydovchisi payqab qolgan.

Xabarda aytilishicha, jarohatlangan polisiyachi kasalxonaga behush holda keltirilgan. U bir ko‘zi va qo‘lidan ayrilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!