Moskva qahvaxonasida mijoz antiseptikdan zaxarlandi

Moskva  qahvaxonasida mijoz antiseptikdan zaxarlandi

Moskvaning mashhur Cofix  qahvaxonasida mijozga suv o‘rniga antiseptik berildi.

Aniqlanishicha, mehmon bir qultum ichgan va darhol o‘zini yomon his qilgan. shundan so‘ng, u Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida kasalxonaga bir necha kun yotqizilgan. Antiseptik shisha ichiga aynan qanday qilib solib qo‘yilgani hali aniq emas.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchining opasi polisiyaga ariza yozgan, ular qahvaxonada tekshiruv o‘tkazishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Cofix o‘z xatosini tan oldi va «Pod’em» nashriga voqea uchun javobgar xodimlar ishdan chetlatilganligini aytdi.

«Xodimlarning beparvoligi tufayli antiseptik ichimlik suvi idishida tashilgan»,- deya tushuntirdi kompaniya. Ular qahvaxona mehmoniga tibbiy xarajatlarni qoplashni taklif qilganliklarini ta’kidladilar, ammo u bu taklifni rad etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!