Modrich endi sportchilar orasida ham eng yaxshi

Modrich endi sportchilar orasida ham eng yaxshi
Xalqaro sport matbuoti uyushmasi (AIPS) 2018 yilning eng yaxshi sportchilari nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Madridning Real klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich 2018 yilning eng yaxshi erkak sportchisi, deb topildi. U so‘rovda 419 ochko to‘plab, mashhur tennischilar Novak Jokovich (337 ochko) hamda Rojer Federerni (290 ochko) ortda qoldirishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich 2018 yil yakunlariga ko‘ra futbolchilar orasida Oltin to‘p mukofotini ham qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda ko‘pchilik Real vakilining g‘alabasiga shubha bilan qaragandi, endi Luka nafaqat futbolchilar, balki sportchilar orasida ham tengsiz bo‘lib turibdi.
Ayollar orasida esa bu nomga amerikalik gimnastikachi Simona Bayls munosib ko‘rildi. U so‘rovnomada 427 ochko to‘plagan holda eng yaqin ta’qibchilari Ester Ledeska (tog‘ chang‘isi) va Simona Xalepni (tennischi) sezilarli farq bilan ortda qoldirdi.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!