«Milliy tiklanish» partiyasi: «Mirzo Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilgan tadbir madaniy merosimizga hurmatsizlik!..»

«Milliy tiklanish» partiyasi: «Mirzo Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilgan tadbir madaniy merosimizga hurmatsizlik!..»

Ijtimoiy tarmoqda Samarqanddagi tarixiy obidalarda o‘tkazilgan marosim ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘lgan edi.

«Milliy tiklanish» partiyasi mazkur voqega o‘z munosabatini bildirdi.

«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Samarqand shahri Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilgan tadbirni milliy, madaniy merosimizga hurmatsizlik sifatida baholaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 49-moddasiga ko‘ra, «Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir».

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi o‘zining dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi ratifikasiya qilgan madaniy merosga oid xalqaro hujjatlar talablariga barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslari shuningdek, boshqa yuridik shaxslar va fuqarolarni qat’iy amal qilishga chaqiradi», deyiladi partiya bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!