Milliy gvardiya Toshkentda shubhali shaxslarni qo‘lga oldi

Milliy gvardiya Toshkentda shubhali shaxslarni qo‘lga oldi

Joriy yilning  25 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Eski juva” dehqon bozori hududiga jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan bozor rastalari atrofida o‘zining shubhali harakatlari bilan ko‘zga tashlangan ikki nafar fuqaro to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, ularga tegishli bo‘lgan sport sumkasidan 8 dona gugurt qutisiga joylashtirilgan o‘tsimon o‘tkir hidli, yashil rangdagi modda hamda 8 dona psixotrop tabletkalar borligi aniqlangan.

Shundang so‘ng ular profilaktika inspektori xonasiga olib borilib, o‘tkazilgan surishtiruv ishlari natijasida Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi, fuqaro R.R. va Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro I.R. lar ekanligi aniqlangan. Holat yuzasidan hozirda Shayxontohur tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!