Meksikada jazirama issiq tufayli 155 kishi vafot etdi

Meksikada jazirama issiq tufayli 155 kishi vafot etdi

Mart oyidan buyon Meksikada jazirama issiq oqibatida 155 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda report.az yozgan.

Meksika sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan ekstremal harorat monitoringi bo‘yicha haftalik hisobotida aytiladi.

Meksika ko‘rfazi sohilidagi Verakrus shtati o‘limlar soni bo‘yicha yetakchilar qatoridan joy olishda davom etmoqda. Bu yerda 56 kishi halok bo‘ldi. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha undan keyingi o‘rinda Tabasko shtati bormoqda. U yerda 18 ki hayotdan ko‘z yumdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, yaqin kunlarda mamlakatda haddan tashqari yuqori harorat to‘lqini davom etishini bashorat qilmoqda. Baxa Kaliforniya va Sonora shtatlarida termometr ko‘rsatkichi 45 darajadan oshyapti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!