MDH mamlakatlari orasida benzin va dizel yoqilg‘isining eng arzoni Turkmanistonda ekanligi ma’lum qilindi

MDH mamlakatlari orasida benzin va dizel yoqilg‘isining eng arzoni Turkmanistonda ekanligi ma’lum qilindi

Qozog‘istonda yoqilg‘i-moylash mahsulotlari yiliga 8 foizga oshgan, dizel yoqilg‘isi esa bir yo‘la 36 foizga qimmatlashgan. Avgust oyida shaxsiy avtomobillar uchun yoqilg‘i-moylash materialari narxi 7,9 foizga ko‘tarilgan, deb xabar bermoqda «Kazinform» Energyprom.kz saytiga tayanib.

2022 yilning avgust oyida AI-92 markadagi bir litr benzinning chakana narxi Qozog‘istonda 178 tenge, AI-95/96 — 210 tenge, AI-98 — 232 tenge, yozgi dizel yoqilg‘isi — 238 tenge bo‘lgan.

19 sentyabrgacha MDH mamlakatlari ichida eng qimmat benzin va dizel yoqilg‘isi Ukrainada qayd etilgan: tegishlicha 1,341 AQSh dollari va 1,442 AQSh dollari. Eng arzon narx Turkmanistonda kuzatilgan. Bu mamlakatda benzin — 0,428 AQSh dollari, dizel yoqilg‘isi — 0,385 AQSh dollarida sotilmoqda.

Qozog‘istonda bir litr benzin narxi 0,44 AQSh dollari, bir litr dizel yoqilg‘isi — 0,499 AQSh dollariga berilmoqda. Umuman, benzin arzonligi bo‘yicha Qozog‘iston faqat Turkmanistondan orqada qolmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!