Mbappening "Real"ga o‘tishi Bellingemga zarar keltirishi mumkin

Mbappening "Real"ga o‘tishi Bellingemga zarar keltirishi mumkin

Madridning "Real" klubi rahbariyati yarim himoyachi Jud Bellingem bilan shartnoma shartlarini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Manbaning aniqlik kiritishicha, bunga Fransiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening "Santyago Bernabeu"ga yaqin orada ko‘chib o‘tishi sabab bo‘lmoqda.

25 yoshli forvard joriy mavsum oxirida "Qirollik klubi"ga o‘tishi kerak. 20 yoshli Bellingem o‘tgan yozda Madrid grandi futbolchisiga aylandi. "Real" uning uchun "Borussiya"ga 103 million yevro to‘lagan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!