Markaziy Osiyo sport o‘yinlari qayta tiklanadi

Markaziy Osiyo sport o‘yinlari qayta tiklanadi

14 fevral kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyo mintaqasidagi 7 mamlakat — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkaniston, Afg‘oniston hamda Eron milliy olimpiya qo‘mitalari bosh kotiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2021 yildan boshlab qator sport turlari bo‘yicha Markaziy Osiyo o‘yinlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Atameken business nashrining yozishicha, tashabbus Qozog‘iston MOQ prezidenti Temur Kulibayev tomonidan ilgari surilgan.

Hozirda Markaziy Osiyo o‘yinlariga qaysi sport turlarini kiritish masalasi muhokama qilinmoqda. Yig‘ilishda olimpiya dasturiga kiritilgan sport turlaridan tashqari olimpiya dasturiga kiritilmagan mahalliy sport turlarini kiritish taklifi ilgari surildi.

Eslatib o‘tamiz 1994 yilda Markaziy Osiyoning beshta mamlakati MOQ rahbarlari yig‘ilishida Markaziy Osiyo o‘yinlari tashkil qilingan edi. Birinchi musobaqa 1995 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan. 2005 yilga qadar umumiy hisobda 6 marta musobaqalar tashkillashtirilgan. Musobaqalar Toshkent (1995, 2005), Olmaota (1997), Bishkek (1999) hamda Dushanbe (2003) shaharlarida bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!