Mark Sukerberg qanday smartfondan foydalanadi?

Mark Sukerberg qanday smartfondan foydalanadi?

Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerberg qanday smartfondan foydalanishini ma’lum qildi. Bu haqda Lenta.ru  nashri ma’lum qildi.

Blogger Sukerbergning hozirda qanday smartfon ishlatishini va olib yurishini so‘radi.

Men so‘nggi yillarda Samsung telefonlaridan foydalanmoqdaman. Va men ularning ashaddiy muxlisiman”, – dedi ijtimoiy tarmoq bosh direktori.

Unga ko‘ra, Janubiy Koreyaning ishlab chiqaruvchisi sifatli qurilmalar ishlab chiqaradi. Shuningdek, u qurilmalarning Google Andorid operasion tizimida ishlashini muhim afzalligi deb hisobladi

Bizning foydalanuvchilarimizning aksariyati Andorid smartfonlaridan foydalanishadi, shuning uchun men o‘zim va Facebook menejerlari uchun ushbu operasion tizimda faqat iPhone ishlatishdan ko‘ra turli xil smartfonlar bilan ishlash to‘g‘ri deb o‘ylayman”, – deb qo‘shimcha qildi Sukerberg.

U Andorid’ning smartfonlar uchun eng sevimli operasion tizimi ekanligini, ko‘pincha kompaniyalarni ishlab chiqishda hamda boshqarishda va xavfsizlikda iPhone’ni afzal ko‘rishlarini tushuntirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!