“Marixuana”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

“Marixuana”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish sho‘’basi xodimlari tomonidan viloyat DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada Urganch tumanida yashovchi fuqaro YA.X tadbirga jalb qilingan “shartli xaridor”ga o‘ralgan o‘rami bilan og‘irligi 8,01 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida ushlandi.

Shundan keyin, fuqaro YA.X xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning yonida jami 5 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisida o‘rami bilan og‘irligi 32,76 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami o‘rami bilan og‘irligi 40,77 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!