Marhum muftiy Usmonxon Alimov qanday vasiyat qoldirgandi?

Marhum muftiy Usmonxon Alimov qanday vasiyat qoldirgandi?

Marhum muftiy Usmonxon Alimov qanday vasiyat qoldirgani ma’lum qilindi. Bu haqda Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Usmonxon Alimov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi «Eshoni Temirxon To‘ra» jome masjidi qayta ta’mirlangandan so‘ng Musulmonlar idorasi ish boshqaruvchisi Rustam Jamilovga dadasining qabri oldidagi joyni ko‘rsatgan va «Bolam, meni vaqti kelib shu yerga dafn etinglar. Bu senga vasiyatim», deb vasiyat qilgan.

Xabarga ko‘ra, marhumning so‘nggi vasiyati ado etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov 15 avgust kuni uzoq davolanishdan so‘ng vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!