Manba: Messi va «PSJ» 2 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Manba: Messi va «PSJ» 2 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

Yozda «PSJ» bilan amaldagi kelishuvi yakuniga yetadigan Lionel Messi keyingi faoliyatini Fransiyada davom ettiradi, deya xabar bermoqda Diario Sport.

Manbaning yozishicha, Parij klubi argentinalik 35 yoshli forvard bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishgan. Tomonlar shartnomani ikki yilga uzaytirib, Messi 2025 yilga qadar Parij klubida to‘p suradi. Qayd etilishicha, Lionelning maoshi oshiriladi. Yangi kelishuv haqida yaqin orada rasmiy xabar berilishi mumkin.

Avvalroq, Messi JCH-2022dan keyin qarorini o‘zgartirmoqchi ekani va faoliyatini AQShning «Inter Mayami» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli forvard 2021 yildan buyon Parij klubi sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsum Liga 1da 15 o‘yinda 8ta gol va 10ta assistga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!