"Makron Fransiyani urushga yetaklamoqda”

"Makron Fransiyani urushga yetaklamoqda”

Fransiyaning o‘ta o‘ngchi “Milliy Birlashish” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning TF1 va France 2 telekanallariga bergan intervyusini sharhlab, prezident Fransiyani urushga olib borayotganini aytdi.

“Shu paytgacha Emmanuel Makron bizni xaosga olib borayotganini bilardik, lekin kecha u bizni urushga ham yetaklayotganini bilib oldik!” — deb yozdi Le Pen xonim X ijtimoiy tarmog‘ida.

Avvalgi postida siyosatchi prezident intervyusida mamlakatda yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yomon narsalarni xotirjamlik bilan e’lon qilishini aytdi. “Fransuz xalqining hayoti bilan bunday beparvolarcha o‘ynashishni tasavvur qilib bo‘lmaydi”, — deb yozgan Le Pen.

Eslatib o‘tamiz, Makronning intervyusi 14 mart kuni chop etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!