Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov emas, kiyim do‘koni reklama qonunchiligini buzgan

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov emas, kiyim do‘koni reklama qonunchiligini buzgan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Madaniyat vaziri O.Nazarbekov ishtirokida “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar do‘koni haqidagi reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilgan edi.

🔝 Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha “KINGSMAN UZBEKISTAN” brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi “Boutique” MCHJ «Reklama to‘g‘risidagi» Qonunning 16-moddasini, ya’ni reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish bo‘yicha taqiq talablarini buzgan deb topdi

Natijada, ushbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi va qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Maxsus komissiya tomonidan ishni ko‘rib chiqish jarayonida Madaniyat vaziri O.Nazarbekovning reklamada ishtirokini reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi yoki reklama tarqatuvchi sifatida ishtirok etganligining alomatlari aniqlanmadi.

➖ O.Nazarbekov tomonidan reklamani o‘z shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boshqa rasmiy tarmoqlar orqali tarqatmaganligi «Reklama to‘g‘risidagi» Qonuniga asosan reklamaning aylanishi sohasidagi ishtirokchisi sifatida baholanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!