Leonardo da Vinchi chizgan ayiq boshi surati rekord darajada sotildi

Leonardo da Vinchi chizgan ayiq boshi surati rekord darajada sotildi

Leonardo da Vinchi chizgan ayiq boshining eskizi Christie's kim oshdi savdosida sotildi.

U 8,9 million funt sterlingga (taxminan 12,3 million dollar) sotib olingan. Bu italiyalik rassomning ishi uchun rekord natijadir.

«Rasm Leonardo da Vinchining rassom sifatida mahorat ko‘rsatganligidan dalolat beradi», - deyiladi kim oshdi savdosi uyining Twitterdagi sahifasida.

Eskiz - bu 7x7 sm qizil-och sariq qog‘ozga kumush qalam bilan chizilgan rasm. U 1480-yillarning birinchi yarmida yaratilgan. Bu rassomning imzosi bor asarlaridan biridir. Xaridorning ismi oshkor qilinmagan.

Avvalgi rekord natijani qayd etgan 8,1 million funt-sterlingga sotib olingan Leonardo Da Vinchining «Ot va chavandoz» asari edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!