Lavrov BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida nimalar dedi?

Lavrov BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida nimalar dedi?

Lavrovning BMT Xavfsizlik Kengashi majlisidagi bayonoti:

— Xalqaro huquqiy tartib asoslari sinovdan o‘tkazilmoqda;

— Hamma davlatlar ham BMT Nizomiga sodiq emas, Qo‘shma Shtatlar uning eksklyuzivligiga ishonadi;

— BMTning ko‘plab rezolyusiyalari, jumladan Minsk kelishuvlari e’tibordan chetda qolmoqda;

— Biz AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyusiyalarni sabotaji haqida cheksiz gapirishimiz mumkin;

— Oruell o‘zining «Molxona» hikoyasida qoidalarga asoslangan dunyo tartibini bashorat qilgan;

- NATOning o‘ylamasdan kengayishi 2014 yil fevralida uyushtirilgan davlat to‘ntarishidan boshlab Ukraina inqirozini ham keltirib chiqardi;

Ukraina tomonidan inson huquqlari va ozchiliklar poymol qilinganini kam odam eslaydi;

Ukrainadagi ozchiliklar muammosini jim turish inqirozni yanada kuchaytiradi.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkka yetib kelgani va u yerda Rossiya raisligi doirasida BMT Xavfsizlik kengashidagi tadbirlarda ishtirok etishi haqida ma’lum qilgan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!