Bayden Livandagi zarbalardan so‘ng Isroilga ko‘rsatmalar bermoqda

Bayden Livandagi zarbalardan so‘ng Isroilga ko‘rsatmalar bermoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden Livandagi "Hizbulloh" marralariga zarbalar berilganidan keyin Isroil bilan aloqalarni davom ettirishga ko‘rsatma berdi, deb yozadi The New York Times Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Shon Savetga tayanib. Savetning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rahbari voqealar rivojini kuzatib bormoqda.

Prezident Bayden Isroil va Livandagi voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda. Uning ko‘rsatmasi bo‘yicha ma’muriyat vakillari o‘zlarining isroillik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi”, — deya Savet so‘zlarini keltiradi nashr.

Shuningdek, Milliy xavfsizlik kengashi vakili Vashington Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va mintaqaviy barqarorlik uchun harakat qilishini ta’kidladi. Yana bir amerikalik rasmiyning da’vo qilishicha, Qo‘shma Shtatlar mamlakatning ogohlantiruvchi zarbalar berish rejalari haqida oldindan xabardor qilmagan, deb yozadi gazeta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!