Germaniya Zelenskiyni «Shimoliy oqim»ga putur yetkazgani uchun javobgarlikka tortishni talab qildi

Germaniya Zelenskiyni «Shimoliy oqim»ga putur yetkazgani uchun javobgarlikka tortishni talab qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim 2» gaz quvurlarini bombardimon qilgani uchun, teraktga tayyorgarlik ko‘rilgani haqida bilmaganligidan qat’i nazar, javob berishi kerak. Bu haqda germaniyalik publisist va teleboshlovchi Richard Devid Prext ZDF kanalidagi podkastda aytib o‘tdi.

«Agar Zelenskiy bu haqda bilgan bo‘lsa, bizda katta muammolar bor, chunki «Shimoliy oqim»ga hujum Germaniya tarixidagi eng yirik davlat teraktidir. Agar u bu haqda bilgan deb hisoblasak, eng kamida Ukraina elchisiga qo‘ng‘iroq qilish va jinoyatchilarni ekstradisiya qilishni talab qilish kerak edi», - dedi publisist.

Prextning qo‘shimcha qilishicha, agar Zelenskiy portlash tayyorlanayotgani haqida bilmagan bo‘lsa, bu uning qobiliyatsizligini ko‘rsatadi. Bunday holatda, teleboshlovchining fikricha, Ukraina prezidenti iste’foga chiqishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!