Markaziy Osiyo davlatlari jiddiy sukut saqladi

Markaziy Osiyo davlatlari jiddiy sukut saqladi

Markaziy Osiyo davlatlari Ukraina armiyasining Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirishi munosabati bilan jiddiy sukut saqladi. Bu Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining haqiqiy zaifligini ko‘rsatadi, deyiladi The Diplomat saytida chop etilgan maqolada.

Maqola muallifining qayd etishicha, KXSHTga a’zo davlatlar, ya’ni, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston Rossiya himoyasiga chiqmagan va hujumni qaytarish uchun qo‘shin yuborishni taklif qilmagan. (Qozog‘iston taklif qilgan). Darhaqiqat, Rossiya ularga yordam so‘rab murojaat qilmagan, ammo bu, o‘z navbatida, KXSHTning tashkilot sifatida kuchsizligini ta’kidlaydi.

Bir paytlar hatto Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham KXSHTni tanqid qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT 2010 yildagi millatlararo to‘qnashuvlar paytida Qirg‘izistonning yordam so‘rashiga e’tibor bermagan.

Mintaqa davlatlari mudofaa sohasida real integrasiya va hamkorlikni kuchaytirish uchun Rossiya ta’sirining zaiflashuvidan foydalana oladimi, buni ko‘rish kerak. Ko‘p narsa Amerika ma’muriyatining noyabrdagi saylovlardan keyingi siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar AQSh Markaziy Osiyo davlatlari suverenitetini mustahkamlash siyosatini davom ettirsa, bu jarayonlar qo‘shimcha turtki bo‘ladi deyilgan maqolada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!