Germaniyada festival vaqtida terakt qilishda gumon qilingan shaxs polisiyaga taslim bo‘ldi

Germaniyada festival vaqtida terakt qilishda gumon qilingan shaxs polisiyaga taslim bo‘ldi

Solingendagi folklor festivalida uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktda gumonlanuvchi huquq-tartibot idoralari xodimlariga taslim bo‘ldi, deb yozadi Bild. U 26 soatdan keyin polisiyaga kelgan.

Solingen folklor festivalida uch kishining hayotiga zomin bo‘lgan va sakkiz kishi yaralangan teraktdan salkam 26 soat o‘tib, jinoyatchi polisiyaga taslim bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, qotilni qidirish vaqtida tezkor xodimlar qochqinlar markaziga kirib, gumonlanuvchini qo‘lga olishgan, biroq u ular izlayotgan shaxs emas. Teraktdan deyarli bir kun o‘tib, erkakning o‘zi huquq-tartibot idoralari xodimlari oldiga bordi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs suriyalik. U ikki yil avval Germaniyaga kelgan va Biyelefelddan boshpana so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!