2025 yilda Latviya dronlar koalisiyasiga 20 million yevro sarflaydi

2025 yilda Latviya dronlar koalisiyasiga 20 million yevro sarflaydi

Latviya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Latviya mudofaa vaziri Andris Spruds va uning ukrainalik hamkasbi Rustem Umerov juma kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu haqda kelishib olgan.

Vazirlar, shuningdek, yaqinda mamlakatlar o‘rtasida Ukraina askarlarini uchuvchisiz havo vositalarini boshqarish dasturiga o‘rgatish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishdi. Birinchi ukrainalik uchuvchilar allaqachon Latviyada mashg‘ulotlarni boshlashgan.

Malumot o‘rnida, Latviya ham 2024 yilda xalqaro dron koalisiyasi uchun 20 million yevro ajratgan.

Latviyadan tashqari dron koalisiyasiga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Italiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Litva, Niderlandiya, Polsha, AQSH, Ukraina, Fransiya, Chexiya, Shvesiya va Estoniya kiradi. Umuman olganda, uning ishtirokchilari Ukrainaga dronlarni yetkazib berish uchun yarim milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!