DXX kubogi – 2024. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

DXX kubogi – 2024. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi

Butun respublika bo‘ylab 251 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan, “Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkazilgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalariyakunlandi.

Unda o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. “Yangi avlod” /Qashqadaryo viloyati/
2-o‘rin. “Dambog‘” /Namangan viloyati/
3-o‘rin. “Jo‘rabod” /Buxoro viloyati/

Qiz bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. “Qarshi” /Qashqadaryo viloyati/
2-o‘rin. “Chinoz” /Toshkent viloyati/
3-o‘rin. “Arnasoy-W” /Jizzax viloyati/

O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. "Arabxona" /Qashqadaryo viloyati/
2-o‘rin. "Oq ovul" /Toshkent viloyati/
3-o‘rin. “Poloson” /Andijon viloyati/

Musobaqalar yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” – Turniyozov Ma’ruf /Qashqadaryoviloyati/
“Eng yaxshi to‘purar” – Qaxarov Abdurashid /Namanganviloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Rashidov Behruzjon /Buxoroviloyati/

Qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” – Anarbayeva Sabrina /Jizzaxviloyati/
“Eng yaxshi to‘purar” – Mahmudova Diyora /Toshkentviloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Ergasheva Sarvinoz /Qashqadaryo viloyati/

O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” – Shohnazarov Qahramon /Qashqadaryo viloyati/
“Eng yaxshi to‘purar” – Habibullayev Hikmatilla /Toshkent viloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Madaminov Shahzod /Toshkent shahri/

Respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.

Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari barcha g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, sport kiyimlari va noutbuk topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!