Kun kulgisi!.. (42-qism)

Kun kulgisi!.. (42-qism)

Bemor jarroh huzurida.

— Do‘xtir, qulog‘im og‘riyapti!

— Unda kesib tashlaymiz.

Bemor yugurgancha tashqariga chiqib terapevt huzuriga kirdi.

— Do‘xtir, qulog‘im og‘riyapti. Anavi jarroh kesib tashlamoqchi bo‘ldi.

— E, bu jarrohlar o‘zi shunaqa. Men sizga bir dori yozib beraman, qulog‘ingiz o‘zi uzilib tushadi.

 

***

Tijoratchi vrachga uyqusizlikdan shikoyat qildi. Vrach undan so‘radi:

— Siz ko‘zlaringizni yumib, o‘zingizcha qo‘ylar podasini tasavvur qilib, ularni birma-bir sanab chiqqanmisiz?

— Ha, ammo foyda bermadi.

— Nega?

— Tasavvurimda qo‘ylarni sanab bo‘laman, poyezdga ortaman, qayergadir olib borib sotaman-da, tuni bilan “arzon sotib qo‘ymadimmikan?” deb o‘ylanaman.

 

***

— Ikki karra ikki qancha bo‘ladi?

— Sotasizmi, yo xarid qilasizmi?

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!