“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Ushbu qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

🔹er uchastkalariga;
🔹binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga;
🔹ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
🔹mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

✅ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

▫️mulk huquqi;
▫️doimiy egalik qilish huquqi;
▫️doimiy foydalanish huquqi;
▫️meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
▫️ijara huquqi;
▫️ikkilamchi ijara huquqi;
▫️xo‘jalik yuritish huquqi;
▫️operativ boshqarish huquqi;
▫️ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
▫️bepul foydalanish huquqi;
▫️renta;
▫️ipoteka;
▫️servitut;
▫️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga qo‘yilgan cheklovlar.

❗️ Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

☑️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

▫️er uchastkalarining belgilanganligi (realizasiya qilinganligi);
▫️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
▫️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan ob’ektning mavjudligi;
▫️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
▫️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

📁Davlat reestri ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan huquqlar, shuningdek huquq egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan ma’lumotlar to‘plamidan iboratdir.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!