Kremlning Baydenga javobi: "Bu haqda hech kim gapirmayapti ham, chunki bunday bo‘lmagan"

Kremlning Baydenga javobi: "Bu haqda hech kim gapirmayapti ham, chunki bunday bo‘lmagan"

Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Jo Baydenning Qrimni Rossiyaniki deb tan olmasligi to‘g‘risidagi gaplariga javob qaytardi.

Bayden avvalroq AQSh Qrimning egallab olinganligini hech qachon tan olmasligini aytgandi.

«Qrim egallab olinganini rostdan ham tan olib bo‘lmaydi. Bu haqda hech kim gapirmayapti ham, chunki bunday bo‘lmagan», — dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.

Peskov Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi xalqaro huquqning barcha me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda yuz berganini ta’kidladi.

Jo Bayden 26 fevral kuni Rossiya xalqaro huquq va zamonaviy davlatlarning o‘zaro munosabatlari me’yorlarini, shuningdek, Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzgan holda «Qrimga bostirib kirgani»ga yetti yil to‘lganini eslatib o‘tgandi.

«Qo‘shma Shtatlar bugungi kunda ham bu ziddiyat boshidan buyon bo‘lgani kabi Ukraina va uning ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu noxush sanada biz yana bir bor oddiy haqiqatni ta’kidlamoqchimiz: Qrim — bu Ukraina. Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning yarim orolni egallab olganini hech qachon tan olmaydi, biz Ukraina bilan birga Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga qarshi turamiz», degandi u.

Qrim 2014 yil 16 martda o‘tkazilgan referendum asosida Rossiya tarkibiga kiritilgandi. O‘shanda Qrimda RF qurolli kuchlarining harbiy bo‘linmalari joylashtirilgandi, prezident Vladimir Putin bu harbiylar «Qrim xalq mudofaa kuchlariga ko‘mak sifatida yuborilgani» haqida aytgandi. 17 mart kuni Qrim parlamenti mustaqillik haqida farmon qabul qilib, Qrimni Rossiya tarkibiga sub’ekt sifatida qo‘shib olish uchun murojaat qiladi. 18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim Respublikasini mustaqil davlat sifatida tan olish haqida qaror imzolaydi. Shu kunning o‘zida Rossiya va Qrim respubikani va Sevastopol shahrini Rossiya Federasiyasi tarkibiga kiritish bo‘yicha kelishuv imzolashadi.

2014 yil 27 mart kuni BMT Bosh assambleyasi Ukraining hududiy yaxlitligini tan oladigan rezolyusiyani qabul qilgan. Unda referendum qonuniy kuchga ega bo‘lmaganligi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!