Koronavirusda foydali damlama aniqlandi

Koronavirusda foydali damlama aniqlandi

Germaniyalik olimlar mavrak va periladan tayyorlangan choy koronavirus faolligini so‘ndirishga qodir ekanligini aniqladi. Bu boradagi tegishli tadqiqot natijalari Biorxiv portaliga joylashtirilgan.

Essen universitet klinikasining virusologiya institutidan bo‘lgan bir guruh mutaxassislar mavrak, perila va kashnichdan tayyorlangan damlamali choy yordamida koronavirus infeksiyasining hujayrasini inkubasiya qilib ko‘rdi.

Avvaliga ular damlamani qaynatgan, shundan so‘ng 60 darajali suv yordamida ikki soat yordamida sovitib, o‘simliklar tarkibidagi moddalarning maksimal darajada choyga chiqishini ta’minlagan.

Tadqiqot davomida perilla va mavrakning qisqa muddatli ta’siri ham koronavirus faolligini so‘ndirishi aniqlangan. Natijada hujayralarga 30 daqiqa davomida ishlov berilishi bilan kuzatilgan.

Shu bilan birga, davolovchi effektga umumiy virusga qarshi effekt sabab erishilmagan, chunki aynan shu damlamalar oddiy gerpes virusiga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmagan.

Virusologlar bu kabi choylardan koronavirus infeksiyasining profilaktikasi doirasida qabul qilish mumkin degan xulosaga kelgan, biroq ushbu ma’lumotga hali boshqa mutaxassislar ham baho berishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!