Koronavirus: Ispaniyada tobut fabrikalari haftasiga 7 kunlik rejimga o‘tkazildi

Koronavirus: Ispaniyada tobut fabrikalari haftasiga 7 kunlik rejimga o‘tkazildi

Barselonada tartibsizliklar boshlandi. Norozilik namoyishlarining asosiy qatnashchilari shifokorlar bo‘lib, ular ishxonadagi sharoitlardan va ish haqining o‘ta past ekanligidan norozilar. Kataloniyada shunday namoyishlar 3 kundan beri davom etmoqda.

Hokimiyat ikki yil ichida ish haqini 5 foizga oshirishni va’da berdi. Lekin bu juda uzoq muddat. ayni pandemiya sharoitida kuniga deyarli 24 soat mehnat qilgan shifokorlar uchun esa bu umuman nomaqbul variant. Hozir mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini xavf solmoqda. Yana statistika yangilanib, kasallar soni ortib boryapti.

Madridning 40 dan ortiq chekka hududlari qat’iy karantin ostida yopilgan. Yaqinlashib kelayotgan falokat ya’ni koronavirusning keyingi to‘lqini to‘g‘risidagi dahshatli ogohlantirish Ispaniya hukumati tobut fabrikalarini haftasiga yetti kun ishlashga majbur qildi. Shuning uchun fabrikalar ishlab chiqarishni uch baravar oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!