Koreyadagi o‘zbekistonliklarga vatanga qaytmay turish tavsiya etildi

Koreyadagi o‘zbekistonliklarga vatanga qaytmay turish tavsiya etildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi ma’lumotiga asosan, koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston hududida karantin choralari tatbiq etilishi munosabati bilan 2020 yil 1 martdan aviaqatnovlar soni qisqartirilib, har haftada bir marotaba paritet asosida parvozlar galma-gal quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • 8 mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;
  • 15 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan;
  • 22 mart kuni – “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomonidan;
  • 29 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyalari tomonidan.

Shu bilan birga,  Toshkentga qaytib borgan fuqarolar shahar tashqarisidagi maxsus joyda 14 kun mobaynida karantinda saqlanib,tegishli ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng, ularga uyga qaytishga ruxsat beriladi.

Koreya Respublikasi hukumati tomonidan koronavirus tarqalishi oldini olish bo‘yicha yuqori tibbiy texnologiyalarning qo‘llanilayotgani hamda chet el fuqarolarining malakali bepul davolanishi kafolatlashi bois, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish fikridan to‘xtab turishni tavsiya etadi.

Shu munosabat bilan, fuqarolarga o‘z sog‘liqlarini asrash va virusni tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha Koreya hukumatining talablariga rioya qilish tavsiya etiladi.

- O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi:

  • (+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60;

- “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi (aviachiptalar masalalari bo‘yicha):

  • (+82) 10 8718-6850;

- Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Kvandju shahridagi vakolatxonasi (mehnat migrasiyasi masalalari bo‘yicha):

  • (+82) 10 8495-0027.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!