Koreya aeroportidagi hojatxona orqali qochishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Koreya aeroportidagi hojatxona orqali qochishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Janubiy Koreya Inchxon xalqaro aeroporti binosidagi ventilyasion shaxta orqali qochishga uringan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar qildi.

Mahalliy migrasiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, aeroport hududidan qochib ketishga uringanlar orasida Qozog‘iston (25 yosh) va Rossiya (34 yosh) fuqarolari ham bo‘lgan.

Bu shaxslar Koreyaga kiritilmagandan so‘ng, o‘zaro til biriktirgan holda aeroport binosidan qochib ketishga harakat qiladi.

Koreya aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari ma’lum qilishicha, uch nafar migrant sayyohlar niqobi ostida noqonuniy ish topish maqsadida Koreyaga kirishga uringan. Ularni vataniga qaytarib yuborishga qaror qilishgan.

Huquq tartibot xodimlari bu shaxslarni deportasiya qilinuvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus xonaga joylashtirishdi. Bir xonada ular o‘zaro tanishgan va aeroportdan qochib, Janubiy Koreya hududiga noqonuniy kirishga qaror qilishgan.

Ular hojatxonaga yo‘l olib, tomni ochishgan va panjarani sindirishgan, so‘ng ventilyasion shaxtalar hamda texnik o‘tish joylari orqali aeroport binosining boshqa qanotiga o‘tishgan.

Qo‘riqchilar qochishga uringan erkaklarni qidira boshladi. Natijada, uch nafar shaxs aeroport xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olindi. 

Natijada qo‘lga olinganlar aeroport migrasiya xizmati xodimlariga topshiriladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!