Kia 427 mingdan ortiq Telluride yo‘ltanlamas avtomobillarini qaytarib oladi

Kia 427 mingdan ortiq Telluride yo‘ltanlamas avtomobillarini qaytarib oladi

“Kia” 427 407 dona “Telluride” yo‘ltanlamaslarini qaytarib oladi, deya xabr bermoqda “SNN” nashri.

Bunga to‘xtab turish vaqtida vaqt o‘tishi bilan avtomobilning bexosdan harakatlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan transmissiya yig‘ish nuqsonidagi muammo sabab bo‘lgan.

AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-2023 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan barcha “Telluride” avtomobillari, shuningdek, 2024 yilgi ba’zi modellar qaytarib olinadi.

Barcha muammoli “Telluride” egalari yangilangan elektron to‘xtash tormoz dasturini o‘rnatish uchun o‘z avtomobillarini “Kia” dileriga olib borishlari kerak.

Qayd etilishicha, kompaniya bu kamchilikni o‘z hisobidan tuzatishni rejalashtirmoqda.

2019 yil oxirida chiqarilganidan beri “Telluride” o‘zining keng saloni tufayli amerikaliklar orasida muvaffaqiyat qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!