Keksa ayolni urib ketgan erkak undan o‘lmasligini so‘rab, yig‘ladi (VIDEO)

Keksa ayolni urib ketgan erkak undan o‘lmasligini so‘rab, yig‘ladi (VIDEO)

Moskvada avtobus haydovchisi piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan pensionerni urib ketdi. Keyin esa undan o‘lmaslikni so‘radi.

Avtobusga o‘rnatilgan videoregistrator tomonidan olingan videolavhada yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni avtobus urib yuborganini ko‘rish mumkin. Bir necha soniyadan so‘ng transport sekinlashdi va haydovchi avtobusdan tushdi. Keyin tiz cho‘kib, yig‘lay boshladi va jabrlanuvchini "buvi" deb chaqirib, o‘lmasligini so‘radi.

Ayol ayni damda kasalxonada, uning ahvoli haqida xabar berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!