Kechgi tabassum!.. (16-qism)

Kechgi tabassum!.. (16-qism)

Xotin olis safarga ketgach, er unga telegramma jo‘natdi:

— Xotin, qoshiq, sanchqilar qayerda?

Xotin javob yozdi:

— Uyda uxlash kerak.

Ertasiga yana shunday savol-javob bo‘lib o‘tdi. Oradan ikki hafta o‘tib xotin safardan qaytdi.

Er:

— Qoshiq, sanchqilarning qayerdaligini bir og‘iz so‘z bilan aytib qo‘ysang bo‘lardi-ku!

Xotin:

— Aytdim-ku uyda uxlash kerak deb!

Va u karavotdagi ko‘rpa ostidan qoshiq va sanchqini olib eriga uzatdi.

 

* * *

 

O‘quvchi muallimdan so‘radi:

— Ustoz, daftarimga nima deb yozdingiz? Hech narsani tushunib bo‘lmayapti.

— «Tushunadigan qilib yozgin» deb yozdim.

 

* * *

 

Ikki tanish uchrashib qolishdi.

— Men mashina sotib oldim.

— O‘, zo‘r-ku!

— Zo‘r ham gapmi? Mashinang bo‘lsa, hamma narsaga ulgurarkansan. Masalan, kecha ertalabdan kechgacha juda ko‘p ishni bajarishga ulgurdim.

— Masalan, qanday ishni?

— Mashinaning moyini almashtirdim, yangi ballonlar sotib oldim, bozorga tushib mashinamga yangi qanot sotib oldim. So‘ngra avtoservisga borib uyoq-buyog‘ini sozlattirdim. Mashinam bo‘lmasa, shuncha ishni bajarishga ulgurmasdim-da!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!