Karlush Keyrush O‘zbekiston MTJni boshqarishni istamadi. Nega?

Karlush Keyrush O‘zbekiston MTJni boshqarishni istamadi. Nega?

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi terma jamoa bosh murabbiyi masalasida Karlush Keyrush bilan ham aloqaga chiqqan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev ma’lum qildi.

"Futbol muxlislari Srechko Katanesning murabbiy bo‘lish ehtimoli haqidagi xabarni umumiy olganda ancha iliq qabul qilishdi. Yevropa va Osiyoni ko‘rgan, bilgan mutaxassis. Jahon va Yevropa chempionatiga chiqqan. Ishlagan joylarida barqaror faoliyat olib borgan. Iroq bilan o‘sishga erishgan. Eron bilan raqobatda ustunlik qilgan.

Shu bilan birga, ko‘pchilik terma jamoa murabbiyligi borasida Karlosh Keyrush nomini tilga olmoqda. Ya’ni nomzodlar orasida uning tayinlovini kutganlar bor ekan. O‘FA ko‘plab nomzodlar qatorida Keyrush bilan ham aloqaga chiqqan. U oilaviy sabablar bilan Mozambikda ekani va ayni vaqtda terma jamoani qabul qila olmasligini bildirgan".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!