Karantin zonalarida bir xonada 4 kishi saqlanyapti. Bu kasallik yuqtirib olish xavfini oshirmaydimi?

Karantin zonalarida bir xonada 4 kishi saqlanyapti. Bu kasallik yuqtirib olish xavfini oshirmaydimi?

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ushbu savolga javob qaytardi:

«Albatta, 4 kishi bitta xonada bo‘lgandan keyin kasallikni yuqtirib olish ehtimoli bo‘ladi, buni hech kim inkor qila olmaydi. Ko‘pchilik karantinga joylashtirilayotgan shaxslarimiz begona yurtlarda, qurilishlarda, har xil ishlarda ishlagan. Aksariyati 20-30 kishilik joylarda birga yashagan. Lekin bunday sharoitning qilib berilishi, 4 ta odam kasallik yuqish ehtimolini saqlab qolish uchun juda katta miqdorda kuch-imkoniyatlar, mablag‘ sarflandi.

Agar biz ularni 50-100 kishi qilib bitta joyga joylashtirganimizda qanday bo‘lardi. Karantinda turganlardan ikki marotaba tahlil olinadi. Tahlil olingandan keyin mabodo kasallik chiqadigan bo‘lsa, bu guruh yana boshqalardan alohida qilinadi».

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!