Kaliforniyada yong‘inlar sababli 5 ming aholi evakuasiya qilindi

Kaliforniyada yong‘inlar sababli 5 ming aholi evakuasiya qilindi

Kaliforniya janubi rasmiylari kuchli o‘rmon yong‘inlari sababli besh mingdan ortiq odam evakuasiya qilinishini e’lon qildi. Tog‘li yer va 40 daraja issiq tufayli yong‘inni o‘chirishning iloji yo‘q, deb yozadi The New York Times .

«Shanba kuni Janubiy Kaliforniyadagi nazoratdan chiqib ketgan o‘rmon yong‘inlari tez o‘sib, hajmi to‘rt baravardan oshdi. Yakshanba kuni ertalab yong‘in maydoni 68 km kvadrat metrdan oshdi, bu esa 5000 dan ortiq kishini majburiy evakuasiya qilish buyrug‘iga olib keldi», — deb yozadi gazeta.
Hozirda o‘t o‘chiruvchilar San-Bernardino tog‘ etaklarida yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda. Eng yomoni, Kaliforniyaning janubiy va janubi-g‘arbiy qismida issiqlik to‘lqini kamida dushanba kunigacha davom etadi. Bu yangi yong‘inlar xavfini oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!