JSST — Koronavirusga qarshi choralar grippning tarqalishini kamaytirdi

JSST — Koronavirusga qarshi choralar grippning tarqalishini kamaytirdi

Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha hukumatlar tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mavsumiy grippga qarshi kurashda samarali ekanligini isbotladi. Kasallikning tarqalishi sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda 24 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan o‘tkazilgan brifingda JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Ketrin Smolvud ma’lum qildi.

«Janubiy yarimshardagi gripp mavsumi oldinroq boshlangan mamlakatlarda biz COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar gripp tarqalishini kamaytirishda samarali bo‘lganini ko‘rdik», — dedi Smolvud.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gripp viruslari tarqalishining kamayishi 2020 yil boshida Yevropada ham kuzatilgan, o‘sha paytda hukumatlar COVID-19 pandemiyasi sababli karantin joriy etgan.

Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, gripp ushbu epidemiya mavsumida yo‘q bo‘lib ketishi haqida gapirish uchun hali erta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!