Jizzaxdagi "zakaz ish" bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi

Jizzaxdagi "zakaz ish" bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda hokimlik qarorining bir qismini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza kiritilganligi va boshqa holatlar haqida xabar tarqalgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Sharof Rashidov tumani prokurorining Jizzax (hozirgi Sharof Rashidov) tumani hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarorining 2 nafar fuqaroga doir qismini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi arizasi Jizzax tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra qanoatlantirishdan rad etilgan.

Hozirda, xabarda qayd etilgan holatlarga aniqlik kiritish maqsadida Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganligi, shuningdek, tuman prokuraturasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligi, natijalari bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!