Jizzaxda shifokorning ma’suliyatsizligi sabab bemor vafot etdi

Jizzaxda shifokorning ma’suliyatsizligi sabab bemor vafot etdi

Jizzax shahrida yashovchi K.Kolyanov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi Jizzax viloyat boshqarmasi tasarrufidagi Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2013 yildan vrach-gematolog bo‘lib ishlab keladi.

Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro YA.Saliyeva (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) Jizzax viloyat Perinatal markazida 01.06.2017 yilda bo‘yin sohasi tug‘ma melangiomasi, og‘ir darajadagi kamqonlik tashxisi bilan tug‘ilgan chaqalog‘i Ye.Papovani 2018 yil 29 mart kuni Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi gematologiya bo‘limi gematolog shifokori K.Kolyanovga uchrashib qiziga kamqonlik tashxisini qo‘yishganligi, qizining qoni gemoglabini 46 ko‘rsatgichga tushib ketganligini tushuntiradi.

YA.Saliyeva qizi Ye.Papova bilan 2018 yil 29-mart kunidan 2019 yil 6-aprelga qadarli davolanib, chaqaloqning laboratoriya tekshiruvidan so‘ng qon tahlili ko‘rsatgichi 49,0 tashkil qilgan bo‘lsada, vrach-gematolog K.Kolyanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 2 oktyabrdagi PQ-700-son Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi Qarorining ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligining 2014 yil 14 fevraldagi Gematologiya ixtisosligi bo‘yicha diagnostika va davolash standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida gi 51-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan standartlarga va belgilangan normalariga amal qilmagan holda chaqaloq bemorning qon tahlili ko‘rsatgichi past bo‘lishiga qaramasdan og‘ir ahvoldagi bemorni faqatgina shifoxonada stasionar sharoitda davo muolajalarini davom ettirtirmasdan, 2018 yil 6 aprel kuni bemor chaqaloqni uyiga javob berib yuboradi.

YA.Saliyeva qizi Ye.Papova yashash xonadonida ahvoli og‘irlashib, markazga olib kelingan va barcha ko‘rsatilgan davo muolajalarga qaramasdan chaqaloq Ye.Papova og‘ir darajadagi kamqonlikning og‘ir darajadagi tashhisi bilan 2017 yil 17 aprel kuni vafot etadi.

Vrach-gematolog K.Kolyanovga nisbatan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, ya’ni shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lishda ifodalangan jinoyat belgilariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi JK 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ish qo‘zg‘atiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2019 yil 26 mart kungi xukmi bilan vrach-gematolog K.Kolyanov O‘zbekiston Respublikasi JK 116-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, JK 45-moddasiga asosan 2 yil muddatga sog‘liqni saqlash tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda, shuningdek shifokorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

E.Qarshiyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!