Janubiy Koreyadagi eng qadimiy akvarium yopiladi

Janubiy Koreyadagi eng qadimiy akvarium yopiladi

Koreyaning eng qadimgi jamoat akvariumi "Aqua Planet 63" 39 yillik faoliyatdan so‘ng 30 iyun kuni butunlay yopiladi. Ushbu xabar akvariumning rasmiy xabarida e’lon qilindi.

1985 yilda Osiyoning eng baland inshootlaridan birida joylashgan deya ta’kidlangan "Aqua Planet 63" mamlakatdagi ramziy ko‘ngilochar joylaridan biri bo‘lib, koreyslar, ayniqsa, bolalar uchun juda sevimli joy edi.

U 250 turdagi 30 000 ga yaqin dengiz jonzotlarini o‘z ichiga olgan va tashrif buyuruvchilarning asosini imperator pingvinlarini kuzatuvchilar tashkil etgan. U yerda turli xil dengiz hayvonlari bilan suvosti ko‘ngilochar shoular ham tashrif buyuruvchilarda yaxshi taassurotlarni uyg‘otgan. Koreya akvariumida bo‘lgan ushbu pingvinglarni saqlash qiyin deb hisoblangan.

Park operatori Hanwha Hotels & Resorts ma’lumotlariga ko‘ra, akvarium ochilganidan beri 90 millionga yaqin tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!