Iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi

Iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning iyun oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 16 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*. Narxlarning eng yuqori pasayishi karam (-59,4 foiz), pomidor (-51,7 foiz) va bodring (-51,7 foiz) mahsulotlarida qayd etildi.

2 nomdagi mahsulotning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: tovuq go‘shti (file) va sut.

3 nomdagi mahsulot narxi oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha kartoshka yetakchi bo‘ldi. Kartoshka narxining qisqa muddatli o‘sishi vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning o‘zgarishi bilan bog‘liq.

*tahlil 2-may va 13-iyun kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!