Isroil Suriyaning markaziy qismidagi harbiy ob’ektlarga zarba berdi

Isroil Suriyaning markaziy qismidagi harbiy ob’ektlarga zarba berdi

Isroil yakshanba oqshomida Suriyaning markaziy qismidagi beshta harbiy ob’ektga zarba berdi, deb xabar bermoqda Suriya OAV.

Hujum mamlakat markazidagi Misyafdagi harbiy ob’ektlarni nishonga olgan uch guruh tomonidan uyushtirilgan.

Avvalroq Suriya davlat matbuoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Suriyaning markaziy mintaqasidagi bir qancha aholi punktlariga qaratilgan «tajovuz»ni qaytarganini xabar qilgan edi.

Suriyaning SANA axborot agentligining Misyafdagi kasalxona direktoriga tayanib xabar berishicha, Isroilning Suriyaning markaziy qismiga bergan zarbalari oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan va 15 kishi yaralangan. Ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!