Imtihonlarga o‘rniga o‘ziga o‘xshash ayollarni kiritgan deputat o‘qishdan haydaldi

Imtihonlarga o‘rniga o‘ziga o‘xshash ayollarni kiritgan deputat o‘qishdan haydaldi

Bangladeshda imtihonlarga o‘zining o‘rniga sakkiz nafar “dublyor”ni yuborgan deputat universitetdan haydaldi.

VVSning xabar berishicha, hokimiyatdagi “Xalq birligi” partiyasi deputati Tamanno Nusrat to‘rt semestr davomida 13 ta imtihonga o‘ziga o‘xshash ayollarni yuborgan. Har bir imtihon uchun alohida pul to‘lagani aytilmoqda.

Bu soxtakorlik Nagarik telekanali xabaridan so‘ng fosh etildi. Videotasvirlarda o‘zini Tamanno Nusrat deb tanishtirgan ayol aslida boshqa kishi ekani aniqlangach, imtihondan chiqib ketgani tasvirlangan.

Universitetdan sirtdan o‘qigan Tamanno Nusrat parlament deputatligiga o‘tgan yili saylangan edi. Universitet mutasaddilari deputatning soxtakorlikka qo‘l urganini bilishgan, biroq hech qanday chora ko‘rmaslikni ma’qul ko‘rishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!