Ikki nafar kafilning mulklari xatlandi

Ikki nafar kafilning mulklari xatlandi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida kredit qarzdorligi bor fermer xo‘jaligining ikki nafar kafilining mulklari hatlandi.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, viloyat tijorat banklari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ishchi guruhlar tuzilib, sud qarorlari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining tegishli ijro varaqasiga asosan qarzdor "Habibullaev Nurullo" fermer xo‘jaligidan 1 mlrd 378 mln miqdorida kredit qarzdorligi undirish hamda undiruvni qo‘shimcha qarzdorlarning garov mulki sifatida qo‘yilgan mol-mulklarga qaratish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi O‘zbeksiton tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi.

Fermer xo‘jaligi rahbari belgilangan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni bartaraf etmagani sababli garov mulklari bo‘lgan:

1."MERCEDES BENZ SPRINTER" rusumli avtotransport vositasi

2.Qo‘shimcha qarzdor G‘.U.ga tegishli Savdo do‘koni bino-inshootlari

3.Qo‘shimcha qarzdor J.Y.ga tegishli dala shiyponi bino-inshootlari tegishli tartibda ro‘yxatga olinib hatlandi.

Majburiy ijro byuro organlari tomonidan bu kabi amaliy tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!