IIBB bedarak yo‘qolgan uch kishini qidirmoqda

IIBB bedarak yo‘qolgan uch kishini qidirmoqda

Toshkent shahar IIBB uch kishi qidiruvga berilganini e’lon qildi. Quyida ularning ma’lumotlari keltirilgan.

1. Salimova Surayyo Mirkarimovna, 1986 yilda tug‘ilgan, 2021 yilning noyabr oyida Uchtepa tumani 24-dahasida joylashgan uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, ko‘zi va sochlari qora, yuzining chap tarafida holi bor.
Kiyimlari: pushti rangli sviter, oq shim, qora krossovka.

2. Abduvaitov Dilshod Abdug‘ani o‘g‘li, 1995 yilda tug‘ilgan, joriy yilning 23 yanvar kuni, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ravnaq ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 180-185 sm, o‘rtacha gavdali, sochlari qora.
Kiyimlari: yashil kurtka, jinsi shim, ko‘k rangli krossovka.

3. Nazarbekova Yekaterina Djunosovna, 1984 yilda tug‘ilgan, joriy yilning 11 aprel kuni Mirobod tumani, Qo‘yliq-3 mavzesida joylashgan uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 175-180 sm, gavdali, kalta qora sochli, ko‘zlari ko‘k.
Kiyimlari: ko‘k sviter, qora shim va qora rangli oyoq kiyimi (tapochka).

«Hurmatli fuqarolar! Agar Sizda yuqoridagi shaxslar to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi IIBB xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!