Holandning "Manchester Siti"dagi maoshi miqdori ma’lum bo‘ldi

Holandning "Manchester Siti"dagi maoshi miqdori ma’lum bo‘ldi

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Holand “Manchester Siti” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, deb xabar beradi ESPN.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalikning ingliz klubidagi maoshi yiliga 23 million yevroni tashkil qiladi. “Shaharliklar” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ham xuddi shunday maosh oladi. Transferni yakunlash uchun «Manchester Siti» iyun oyigacha Holandni 75 million yevroga sotib olishi kerak.

21 yoshli Holand joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!