Holand kelajakda o‘zini qaysi klubda ko‘radi?

Holand kelajakda o‘zini qaysi klubda ko‘radi?

Erling Holand yaqin kelajakda «Real» a’zosiga aylanmoqchi.

As nashri xabariga ko‘ra, Holand 2025 yilda Madrid klubiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Ammo Kilian Mbappening yozda «Real»ga o‘tishi, norvegiyalik forvardning rejalariga ta’sir qilishi mumkin. Shunga qaramay, Erling kelajakda o‘zini Madrid klubi libosida tasavvur qilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, Holand «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasi chorakfinali doirasidagi «Real»ga qarshi uchrashuvida o‘zini ko‘rsatishni maqsad qilgan va bu orqali kelajakda ushbu jamoaga transfer imkoniyati oshishiga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Holand joriy mavsum APLda 23 o‘yinda 18ta golga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!